Qurilish-montaj xatarlarini majburiy sug'urta qilish

«ASIA INSHURANS» SK qurilish kompaniyalari va qurilishni (qurilish-montaj xatarlarini) sug'urta qilishdan manfaatdor bo'lgan barcha tashkilotlarga qurilish-montaj ishlarini sug'urta qilish (QMI ni sug'urta qilish) shartnomalarini tuzishda hamroxlik qilishni taklif etadi.
QMI bo'yicha sug'urta bozori monitoringini o'tkazgan holda biz qurilish xatarlarini sug'urta qilish, o'zimiz hamkorlik qilish uchun tanlangan sug'urta kompaniyasining qo'shimcha sug'urta himoyasining mavjudligi va to'lov tarixi bo'yicha ob'ektiv ma'lumotlar to'pladik. 

Qurilish-montaj ishlarini sug'urta qilishga hamroxlik qilish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. QMI ob'ektlari va mijozlarning ehtiyojlarini o'rganish. 
2. Xatarlar kotirovkasi va uni mijoz bilan muhokama qilish, bizning tavsiyalarimiz. 
3. Tanlangan sug'urta kompaniyasi bilan sug'urta shartlarini muvofiqlashtirish va tuzish. Sug'urta hujjatlarini rasmiylashtirish va mijozga yetkazib berish. 
4. Tuzilgan sug'urta shartnomasiga o'zgarishlar kiritish. Qo'shimcha kelishuvni rasmiylashtirish va mijozga yetkazib berish. 
5. Zararlarni bartaraf qilishga yordam ko'rsatish. 

QMI bo'yicha sug'urta ob'ektlari

  • qurilish ishlari;
  • qurilish maydonchasi jihozlari va qurilish jihozlari;
  • qurilish mashinalari;
  • Sug'urta qildiruvchining fuqarolik qonunchiligi bilan o'rnatilgan tartibda boshqa shaxslarning hayoti, salomatligi va mulkiga yetkazilgan zararni to'lash majburiyati bilan bog'liq bo'lgan mulkiy manfaatlari

Qoplanadigan xatarlar

  • yong'in, portlash, chaqmoq urishi;
  • tabiiy ofatlar (bo'ron (quyun), jala, suv toshqini, yer ko'chishi, tuproq ko'chishi, ko'chki, yerosti suvlarining ta'siri, sel, zilzila, suvga bosishi);
  • suv ta'minoti, isitish, kanalizatsiya yoki avtomatik yong'in o'chirish tizimi tizimlaridagi avariya, mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruktsiyalarning yiqilishi, uchuvchi apparatlarning qulashi;
  • qisqa tutashuv, elektr yoyining ortiqcha kuchlanishi;
  • (qurilish maydonchasiga suqilib kirish bilan) buzib kirgan holda o'girlik, bosqinchilik, talonchilik;
  • bilmagan holda nuqsonli materiallar va konstruktsiyalardan foydalanish.

Sug'urta summasi
Sug'urta summasi bo'lib sug'urta shartnomasida belgilangan, sug'urta hodisasi (sug'urta hodisalari) yuz berganda sug'urta kompaniyasi to'lash majburiyatini olgan sug'urta tovonining eng ko'p summasini ko'rsatuvchi pul summasi. Qurilish-montaj xatarlarini majburiy sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta summasi bo'lib tomonlarning kelishuvi bo'yicha qurilayotgan o'bektning to'liq bahosi yoki rejalashtirilayotgan yilda quriladigan qismi bahosining 80 foizidan ko'p bo'lmagan qismi bo'lishi mumkin.

Sug'urta summasi quyidagilar uchun alohida o'rnatiladi: 

  • qurilish ob'ekti uchun qurilish shartnomasining bahosi bo'yicha;
  • montaj ob'ekti uchun uning to'liq bahosi bo'yicha;
  • jihozlar, mashinalar va mexanizmlar uchun ularning haqiqiy baholari bo'yicha.

Yetkazilgan zararlar uchun boshqa shaxslar oldidagi javobgarlikni sug'urta qilishda sug'urta kompaniyasi javobgarligiga muvofiqlashtirilgan limit o'rnatiladi.
Qurilishni sug'urta qilish tarifi ko'pgina omillarga bog'liq bo'ladi: ob'ekt bahosi va maqsadi, uning xususiyatlari, sug'urta davri va shartnoma bo'yicha o'rnatilgan franshizmlar (zararlarni qoplashda sug'urta qildiruvchining ishtirok etishi). Sug'urta himoyasining bahosi jiddiy ravishda o'zgarib turishi mumkin.
Qurilish-montaj xatarlarini majburiy sug'urta qilish shartnomalari uchun qurilish-montaj ishlarini sug'urta qilish uchun chegaraviy tarif sug'urta summasining 0,4% ni tashkil qiladi.