Ixtiyoriy tibbiy sug’urta


«ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI» AJ  har bir mijozning shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirilgan individual yechimlarni ta'minlovchi turli xil tibbiy sug'urta dasturlarini (Simple, Middle, Grand, VIP va boshq.) taklif etadi.

Sug'urta dasurlari sug'urta hodisasi yuz berganda quyidagolarni ko'zda tutadi:
- tez yordam mashinasini chaqirish;
- oilaviy shifokordan maslahatlar olish yoki shifokor-koordinator yordamida tibbiy yordam olishda ko'maklashish;
- ambulatoriya xizmati ko'rsatish;
- statsionar tartibda davolanish;
- emlash;
- tezkor stomatologik yordam;
- dispanserizatsiya;
- tibbiy evakuatsiya.

Mijozning xohishi bo'yicha biz ko'rsatilayotgan xizmatlarning turlicha variantlariga ega bo'lgan Dasturlarni tayyorlashimiz mumkin.

Barcha dasturlar «Oilaviy shifokor maslahatlari» xizmatini o'z ichiga oladi. Assistans tibbiy xizmatidan shaxsiy oilaviy shifokor O'zbekistonning eng yaxshi tibbiyot muassasalarini o'z ichiga oluvchi Xizmat ko'rsatish tarmog'i klinikalarida tibbiy ko'rikdan o'tish yoki davolanish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bu to'liq vasiylik va Sug'urtalangan saxsning tibbiy xizmat ko'rsatish sohasidagi manfaatlarining himoyasini ta'minlaydi, tanlangan xizmatlar hajmini Sug'urta dasturi va Sug'urta summasi shartlariga ko'ra oqilona taqsimlashga yordam beradi.

+998 71 233 1111

Qo'llab-quvvatlash xizmati

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting