Mol-mulk sug'urtasi


Sug'urta qildiruvchining mulkchilik, xo'jalik, boshqaruv, ijara huquqlarida bo'lgan yoki garov, lizingga berilgan istalgan mulkni, jumladan quyidagilarni sug'urta qildirishingiz mumkin:

  • binolar, inshootlar;
  • muhandislik kommunikatsiyalari;
  • ofis va ishlab chiqarish jihozi, mebel;
  • vositalar va inventar;
  • elektron jihoz;
  • elektron-hisoblash majmualari;
  • ombordagi va savdo zalidagi tovarlar

Nimalardan sug'urta qilamiz:

  • yong'in, chaqmoq urishi, portlash
  • tabiiy ofatlar - zilzila, bo'ron (quyun), suv toshqini, jala, yer ko'chishi, yerosti suvlarining ta'siri, sel;
  • suv ta'minoti, isitish, kanalizatsiya yoki avtomatik yong'inni o'chirish tizimlaridagi halokatlar;
  • buzish bilan sodir etilgan o'g'irlik, talonchilik va bosqinchilik, boshqa hodisalar;
  • uchuvchisi bo'lgan uchuvchi apparatlar yoki ularning qismlari va ulardagi buyumlarning qulashi

Sug'urta summasi Tomonlarning kelishuvi bo'yicha buxgalteriya hisobi ma'lumotlari, ijara, saqlash, lizing kabi shartnomalari asosida, ayrim hollarda esa mustaqil ekspertiza xulosasi asosida aniqlanuvchi mulkning haqiqiy bahosi doirasida o'rnatiladi. Inflyatsiya omillarining ta'sirlarini kamaytirish uchun sug'urtalash valyuta ekvivalentida o'tkaziladi.
Sug'urta tarifi sug'urtalash shartlari, mulklarning toifalari, yong'in va qo'riqlash signalizatsiyalarining mavjudligi, mulklarning saqlanish sharoitlariga bog'liq bo'ladi.

 

+998 71 233 1111

Qo'llab-quvvatlash xizmati

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting