KASKO (Yerusti transport vositalarini ixtiyoriy sug’urtasi)


Sug'urta quyidagi holatlar natijasida transport vositasini yo'qotish yoki shikastlanishdan himoya qilishni qoplaydi:

- o'g'irlik;
- baxtsiz hodisa;
- ob'ektlarni tushishi, urilishi;
- tabiiy ofatlar;
- yong'in, portlash;
- uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari.
Qo'shimcha haq evaziga Sug'urtalovchi quyidagilarni polisga kiritishi mumkin:

- terrorchilik harakati natijasida transport vositasiga yetkazilgan zararni qoplash;
- sug'urtalangan shaxslarga (haydovchilar va yo'lovchilarga) shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash;
- sug‘urtalangan avtotransport vositasini sug‘urta hududi doirasida saqlash va tashish bilan bog‘liq oqilona va zarur xarajatlarni qoplash (Toshkent shahri hududida ushbu qoplash bepul amalga oshiriladi);
- sug'urtalangan transport vositasiga o'rnatilgan qo'shimcha jihozlarning yo'qolishi, shikastlanishi yoki o'g'irlanishini qoplash.

Sug'urta hududi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning qoʻshni davlatlariga ham kengayishi mumkin, sugʻurta qoplamasi boshqa yaqin va uzoq xorij davlatlari hududida alohida ko'rib chiqiladi.

Bundan tashqari, yerusti transport vositalarini sug'urtalash polisi quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
- uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi:

- uchinchi shaxslarning hayoti va sog'lig'iga zarar etkazganlik uchun;
- uchinchi shaxslarning mulkiga zarar yetkazganlik uchun;
- Haydovchilar / yo'lovchilar bilan sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar:

- baxtsiz hodisa paytida sug'urtalangan transport vositasida bo'lgan haydovchi / yo'lovchining tan jarohati yoki o'limi.

Yerusi  transporti vositalarini kompleks sug‘urtalash polisi quyidagi xavflarni qoplashi mumkin:
-  sanab o'tilgan uchta sug'urta turi (kompleks sug'urta);
-  sug'urtaning har bir alohida turi;
-  ularning ikkita sug'urta turining har qanday kombinatsiyasi.

+998 71 233 1111

Qo'llab-quvvatlash xizmati

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting