Qarz oluvchi hayotini baxtsiz hodisalardan sug’urtalash


Dasturning maqsadi Qarz oluvchining o'limi yoki nogironligi sababli kreditni to'lamay qolish xavfini bartaraf etishdir.

Sug'urta xavflari:

  • tasodifan o'lim
  • kasallik tufayli o'lim
  • baxtsiz hodisa natijasida I yoki II guruh nogironligi
  • umumiy kasallik natijasida I yoki II guruh nogironligi

Sug'urta summasi kredit summasiga to'g'ri keladi. Sug'urtaning butun muddati davomida sug'urta summasi ssuda to'langaniga qarab kamayadi.

Sug'urta to'lovi tanlangan sug'urta dasturiga, Sug'urtalangan shaxsning yoshiga, jinsiga, kasbiy mansubligiga va boshqa xavf omillariga bog'liq.

Ushbu Shartnoma bo'yicha benefitsiarlar:

  • kredit shartnomasi bo'yicha qarz miqdoriga teng bo'lgan summaga nisbatan: Sug'urta qildiruvchi kredit shartnomasi tuzgan bank (Bankning nomi, yuridik manzili, bank rekvizitlari va kredit shartnomasining raqami, polisda ko'rsatiladi);
  • sug'urta to'lovi va kredit shartnomasi bo'yicha qarz miqdori o'rtasidagi farqga nisbatan - Naf oluvchi Sug'urta qildiruvchi tomonidan tayinlanadi.

Shartnoma muddati
Shartnoma har qanday sug'urta hodisalari bo'yicha Naf oluvchi sifatida kredit tashkilotini tayinlash bilan kreditning butun muddatiga tuziladi.

+998 71 233 1111

Qo'llab-quvvatlash xizmati

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting