“ASIA Insurance” sugʻurta kompaniyasi 2005-yil 13-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta bozorida 17 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda.
2022-yil 24-fevralda Kompaniya “ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI” AJga aylantirildi.
“ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI” AJ oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan umumiy sugʻurta sohasi boʻyicha ixtiyoriy va majburiy shakllarda berilgan SF № 00043-sonli litsenziya asosida amalga oshiradi hamda mamlakatimizning butun hududida xizmatlar koʻrsatadi (28 ta hududiy boʻlinma).
Berilgan Litsenziya doirasida “ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI” AJ o'z faoliyatini 17 sug'urta toifasi bo'yicha amalga oshiradi.
Litsenziyalangan sug'urta sinflari doirasida Kompaniya sug'urtaning 40 dan ortiq turlari bo'yicha faoliyat yuritadi.
“ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI” AJ asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekistondagi non-life sug‘urta kompaniyalari o‘ntaligiga kiradi.
Shuningdek, 2021 yil natijalariga koʻra “ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI” AJ Oʻzbekiston “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan milliy shkala boʻyicha uzA++ “barqaror” prognozli toʻlov qobiliyati reytingi berildi. Bu sug'urta kompaniyasining eng yuqori to'lov qobiliyati ko'rsatkichi.
S&P Global Ratings AJ ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASIGA uzoq muddatli milliy valyutadagi moliyaviy mustahkamlik reytingini “B-” "Ijobiy" prognoz bilan belgiladi.
Kompaniyaning asosiy maqsadi professional yuqori sifatli sug'urta xizmatlarini taqdim etishdir. “ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI” AJ ham mahalliy, ham tashqi bozorda ishonchli qayta sug'urta himoyasiga ega.
Xalqaro qayta sug'urtalash brokerlari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida Kompaniyaning risklari xalqaro qayta sug'urta bozorlarida qayta sug'urta qilinadi.
Mijozlarimiz orasida davlat kompaniyalari, xususiy kompaniyalar, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy va qo‘shma korxonalar hamda jismoniy shaxslar bor.
Ajoyib muvaffaqiyatlarning tan olinishi va kompaniya xizmatlari sifatining yuqori baholanishi sertifikatlar, diplomlar, tavsiyanomalar va sharhlar bilan belgilangan.