Bildirishnoma aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ


03.05.2023

“ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” aksiyadorlik jamiyati o‘z aksiyadorlariga 2023-yil 25-may kuni soat 10:00 da Toshkent sh., Mirobod tumani, Said Baraka ko‘ch., 34A uy, «ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI» AJ ma'muriy binosida Jamiyat Kuzatuv kengashining 2023 yil 02 maydagi qaroriga muvofiq chaqirilgan aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi bo'lib o'tishi haqida ma’lum qiladi. .

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2023-yil 19-may holatiga tuziladi.

Elektron pochta manzili va veb-sayti: info@asiainsurance.uz, asiainsurance.uz.

 

KUN TARTIBI

 

1. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to’g’risida;

2. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;

3. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJning 2022 yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash to‘g‘risida;

4. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJning 2022 yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha auditorlik xulosasini ko’rib chiqish;

5. Jamiyatning 2022 yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash to‘g‘risida;

6. 2023-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston buxgalteriya hisobi milliy standartlari  va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari  hamda eng ko‘p belgilangan me’yorlarga muvofiq auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va tashqi auditorni (auditorlik tashkilotini) va uning xizmatlari uchun to'lov miqdori aniqlash to‘g‘risida;

7. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ Bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini saqlab qolish imkoniyati to‘g‘risida;

 

• Kun tartibi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: Toshkent sh., Mirobod tumani, Said Baraka ko'ch., 34A uy, shuningdek, telefon orqali +99871 233 11 11.

• Yig‘ilishga ro‘yxatga olish 2023-yil 25-may kuni soat 9:30 da boshlanadi.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida esa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.

 

“ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ Kuzatuv kengashi

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting