“ASIA INSURANCE sug‘urta kompaniyasi” AJ xodimlari Yevropa amaliy fanlar va menejment institutining o‘quv-amaliy seminarida ishtirok etdi


25.11.2022

2022-yilning 14-23-noyabr kunlari Praga shahrida (Chexiya) Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti Toshkent moliya instituti huzuridagi Moliya va bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti bilan hamkorlikda “Chekiya sug‘urta kompaniyalarining chakana savdo segmentida sug‘urta xizmatlarini amalga oshirishdagi innovatsion usullari” mavzusida o‘quv - amaliy seminari tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilari Chexiya Respublikasining yetakchi sug‘urta kompaniyalari tajribasi bilan tanishib, ular uchun Praganing tarixiy joylari va Karlovi Vari kurort shaharchasiga ekskursiyalar tashkil etildi.

“ASIA INSURANCE sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan kadrlar malakasini oshirish, jahonning yetakchi sug‘urta kompaniyalari tajribasini o‘zlashtirish, kompaniya faoliyatiga ilg‘or texnologiya va innovatsiyalarni joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting