“ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ va Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


11.10.2022

Bugun Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti  va “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlikdan asosiy maqsad universitet talabalarining sug‘urta va qayta sug‘urtalash sohasida amaliyot o‘tashlari bo‘yicha istiqbolli loyihalarni tashkil etish va amalga oshirishdan iborat.

Tomonlar hamkorligi quyidagilarni nazarda tutadi:

- har ikki tomon uchun ham tegishli sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida institut va Kompaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

- turli formatdagi qo‘shma tadbirlar, jumladan, konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, taqdimotlar, stajirovkalar, volontyorlik va boshqalarni o‘tkazish;

- ilmiy tadqiqotlar, yangi ishlanmalar, nashrlar va o‘zaro manfaatli boshqa materiallar to‘g‘risidagi axborotni tarqatishga ko‘maklashish.

Ushbu tadbir doirasida institut talabalari va “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Respublika sug‘urta bozori, Kompaniya faoliyati, sug‘urtaning asosiy turlari, tendentsiyalari va istiqbollari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv so‘ngida soha mutaxassislari oliy o‘quv yurtlari talabalarining sug‘urta sohasida ish boshlashlari, sohada malakali mutaxassis bo‘lishlari uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan zarur bilimlar hamda sug‘urta tashkilotida amaliyot o‘tashlari haqidagi savollariga javob berdilar.

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting