Xorijiy ekspertlar bilan ipoteka sug‘urtasi bo‘yicha fikr almashildi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi binosida Osiyo taraqqiyot bankining xalqaro maslahatchilari, Wharton Pensilvaniya shtat universiteti (AQSh) direktori – Meri Huk-Smit va iqtisodchi Klod Taffin Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi vakillari, sug‘urta tashkilotlari rahbarlari va O‘zbekiston tijorat banklari vakillari bilan Ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi ijrosini muhokama qilish uchun ko‘rib chiqish-maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Missiyaning maqsadi davlat organlari va “O‘zbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasi” AJ bilan texnik ko‘mak loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qilishdan iborat edi.
Uchrashuvda OTB maslahatchilari tomonidan taqdimot materiallari taqdim etildi va ipoteka sug‘urtasi va ipoteka krediti riskini kamaytirish sohasida xalqaro tajribani O‘zbekistonda qo‘llash masalalari muhokama qilindi.