“ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida bildirishnoma


28.07.2022

HURMATLI AKSIYADORLAR!

        “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” aksiyadorlik jamiyati o‘z aksiyadorlarini 2022-yil 20-avgust kuni soat 10:00 da Toshkent sh., Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi 34A uyda “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ ma’muriy binosida, jamiyat Kuzatuv kengashining 2022-yil 28-iyuldagi qaroriga asosan chaqirilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

        Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2022-yil 16-avgust holatiga tuziladi.

       Elektron pochta manzili va veb-sayti: info@asiainsurance.uz, asiainsurance.uz.

KUN TARTIBI

1. “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;

2. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash haqida;

3. 2021-yil 13-yanvardagi KD-Yu-01041-21-6-sonli kredit shartnomasiga qo‘shimcha bitim tuzish to‘g‘risida

• Kun tartibi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: Toshkent sh., Mirobod tumani, Said Baraka ko'ch., 34A, shuningdek, telefon orqali +99871 233 11 11.

• Yig‘ilishga ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 22-avgust soat 9:00 da boshlanadi.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida esa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.

 

“ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ Kuzatuv kengashi

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting