“ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ ustav kapitali 36 558 007 000 so‘mgacha oshdi.


22.06.2022

2022-yil 22-iyun kuni “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ ustav kapitali 36 558 007 000 so‘mgacha oshdi.

Sug'urtalovchining to'lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri ustav fondining hajmi hisoblanadi. Bu kapitallashuv darajasi va sug'urta majburiyatlarini olish qobiliyatining ko'rsatkichidir.

Kompaniya kapitalini ko‘paytirish 2021-moliya yili uchun olingan foydani dividendlar sifatida taqsimlash va ularning ustav kapitalini ko‘paytirishga sarflanishi hisobiga mumkin bo‘ldi.

“ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra nafaqat eng yuqori to‘lov qobiliyati uzA++ reytingini tasdiqladi, balki milliy valyutadagi majburiyatlari bo‘yicha “B-” darajasidagi “Ijobiy” prognoz bilan xalqaro uzoq muddatli moliyaviy barqarorlik reytingiga ega bo’ldi.

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting