S&P Global Ratings tomonidan “ASIA SUG‘urta SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJga “Ijobiy” prognozli “B-” uzoq muddatli reytingi beridi


09.06.2022

2022-yil 19-mayda S&P Global Ratings “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJga milliy valyutadagi majburiyatlar bo‘yicha “B-” darajasidagi uzoq muddatli moliyaviy mustahkamlik reytingini berdi. Prognoz - "Ijobiy".
Ijobiy prognoz shuni anglatadiki, “ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI” AJ reytinglari yaqin 12 oy ichida kompaniya kapitallashuvini yanada oshirish, bozordagi mavjud raqobatbardosh pozitsiyani saqlab qolish va foyda o'sishini saqlab qolish sharoitida ko'tarilishi mumkin.
Hisobotda1 qayd etilishicha, “ASIA Insurance” (to‘liq nomi – “ASIA SUG‘URTA SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ2)ning kreditga layoqatliligi sug‘urta hajmlari va kutilayotgan ijobiy operatsion ko‘rsatkichlarga nisbatan qoniqarli kapital darajasi bilan qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa biznesning rentabelligini ko‘rsatadi.
Kompaniyaning asosiy faoliyati (imzolangan sof sug'urta mukofoti qiymatidan kelib chiqqan holda) avtomashinalarni sug'urtalash, javobgarlik sug'urtasi, shu jumladan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (TVEFJMS), hosilni sug'urtalash va qarz oluvchilarni sug'urtalashni o'z ichiga oladi. Bu yo’nalishlar birgalikda kompaniyaning 2021-yilda sof sug‘urta mukofotining 70% dan ortig‘ini tashkil etdi. Moliyaviy risklarni sug‘urtalash va xalqaro qayta sug‘urtalash bo‘yicha mukofotning o‘sishi ham mukofotda sezilarli ulushni qayd etdi. Kompaniyaning biznesning ushbu sohalarida anderraytingga mutanosib yondashuvi qayd etildi.
Kelgusida kompaniya asosiy e'tiborni mulkni sug'urtalashga e'tibor qaratishni va O'zbekistondan tashqaridan kiruvchi qayta sug'urtalash yo'nalishini bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtirmoqda, shu bilan birga avtosug'urta segmenti - TVEFJMS (majburiy avtosug’urta) va CASCO(ixtiyoriy avtosug’urta)da o'z o'rnini saqlab qoladi.
S&P Global Ratings ekspertlarining fikriga ko'ra, kompaniya o'z majburiyatlarini bajarish uchun pul mablag'lari va depozitlar shaklida etarli likvidlikka ega.


1. http //www.capitaliq.com va http //www.spglobal.com
2. 2022-yil 24-fevralda Kompaniya “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ etib qayta tashkil etildi.

Подписка на новости


Если вы уже подписаны на новости, и хотите отписаться, то введите свой e-mail для отписки