“ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida bildirishnoma


28.04.2022

HURMATLI AKSIYADORLAR!

        “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” aksiyadorlik jamiyati o‘z aksiyadorlarini 2022-yil 20-may kuni soat 10:00 da Toshkent sh., Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi 34A uyda “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ ma’muriy binosida, jamiyat Kuzatuv kengashining 2022-yil 28-apreldagi qaroriga asosan chaqirilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. .

        Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2022-yil 16-may holatiga tuziladi.

       Elektron pochta manzili va veb-sayti: info@asiainsurance.uz, asiainsurance.uz.

 

 

KUN TARTIBI

 

1. “ASIA INSURANCE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;

2. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash haqida;

3. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJning 2022-yil 1-chorak faoliyati yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash to‘g‘risida;

4. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJning 2022-yil 1-chorak moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasini ko‘rib chiqish;

5. Jamiyatning 2022-yil 1-choragidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash to‘g‘risida;

6. “ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ sof foydasining taqsimlanmagan qismini 2021 yil yakunlari bo‘yicha taqsimlash.

 

• Kun tartibi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: Toshkent sh., Mirobod tumani, Said Baraka ko'ch., 34A, shuningdek, telefon orqali +99871 233 11 11.

• Yig‘ilishga ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 20-may soat 9:00 da boshlanadi.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida esa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.

 

“ASIA INSURANCE SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ Kuzatuv kengashi

Подписка на новости


Если вы уже подписаны на новости, и хотите отписаться, то введите свой e-mail для отписки