Kompaniya 17 yoshga to’ldi


13.04.2022

13 aprel "ASIA INSURANCE SUG'URTA KOMPANIYASI" Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganiga 17 yil bo'ldi. Keyingi bosqichdan o'tib, Kompaniya ishonchlilik, barqarorlik, moliyaviy natijalarni namoyish etadi va asosiy vazifani - o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish orqali yuqori sifatli sug'urta xizmatlarini ko’rsatib borishni- amalga oshirishda davom etmoqda.
Kompaniya uchun bu 17 yil qiziqarli, ba'zan qiyin, lekin shakllanishi va rivojlanishining juda muhim yillari. Ushbu davr mobaynida Kompaniya filiallar, sug'urta xizmatlari markazlari va savdo ofislarining hududiy tarmog'ini rivojlantirdi, sug'urta faoliyatining turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalarni oldi va turli reyting tashkilotlari tomonidan bir necha bor O'zbekiston bozorida ishonchli, ochiq va professional sug'urta kompaniyasi sifatida e'tirof etilgan.
200 dan ortiq kishidan iborat jamoaning mehnati tufayli Kompaniya mijozlarning ishonchi, ko’plab hamkorlari va bozor mutaxassislarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 
Kompaniya rahbariyati xodimlarni, mijozlarni va hamkorlarni Kompaniyaning tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi va muvaffaqiyatlar, kasbiy o'sish, ijodiy g'oyalar ro'yobga chiqishini, sog'lik va farovonlik tilaydi!

Подписка на новости


Если вы уже подписаны на новости, и хотите отписаться, то введите свой e-mail для отписки