Toshkent moliya institutida “Karyera kuni”


12.04.2022

Bugun, 12-aprel kuni Toshkent moliya instituti sport majmuasida Karyera kuni munosabati bilan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat tashkilotlari, respublika sug‘urta kompaniyalari, banklari vakillari hamda institut talabalari va bitiruvchilari ishtirok etdi.
Loyihaning asosiy maqsadi – eng professional tayyorgarlikka ega va iqtidorli talabalarni kelgusida ish bilan ta’minlashdan iborat. Mehnat yarmarkasi, multimedia taqdimotlari, mehnat sharoitlari va amaliyot o‘tash bo‘yicha maslahatlar, mahorat darslari va treninglar tayyorlandi. Kompaniya intervyu uchun savollar tayyorladi va taqdim etdi, taqdimotlar davomida kompaniya vakillari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Har bir talaba o'z rezyumesini qoldirib, sug'urta sohasi, Kompaniyada ishlash shartlari va talablari haqida barcha kerakli ma'lumotlarni olishi mumkin edi.
Ushbu tadbir yosh kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirishda katta ahamiyatga  ega, va bu ustuvor vazifalardan biri ekanligi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev nutqlarida bir nechi marta aytib o'tilgan .
  Yarmarkada qatnashgan Kompaniya xodimlari talabalar va bitiruvchilarning olingan rezyumelarini tahlil qiladilar, talablarga javob beradigan nomzodlar esa amaliyot o‘tashlari va, ehtimol, Kompaniya tarkibiga kirishlari mumkin bo‘ladi. 
Biz malakali kadrlar tayyorlash va Respublikamizda sug‘urta sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan mamnun bo‘lardik.

 

Подписка на новости


Если вы уже подписаны на новости, и хотите отписаться, то введите свой e-mail для отписки