Bildirishnoma aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida


22.02.2022

HURMATLI AKSIYADORLAR!

 

“ASIA INSHURANS” AJ shaklidagi sug‘urta kompaniyasi o‘z aksiyadorlarini 2022-yil 15-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, ko‘ch. Said Baraka, 34A uy, “ASIA INSHURANS” AJ shaklidagi Sug‘urta kompaniyasining ma’muriy binosida jamiyat Kuzatuv kengashining   2022 yil 21 fevraldagi qaroriga muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2022-yil 9-mart holatiga ko‘ra tuziladi.

Email: info@asiainsurance.uz  

veb-sayt: asiainsurance.uz

KUN TARTIBI

 

1. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash;

2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;

3. Kompaniyaning firma nomini o'zgartirish;

4. Jamiyat ustaviga o‘zgartirishlar kiritish va uni yangi tahrirda tasdiqlash;

5. Jamiyatning ichki tartib qoidalarini tasdiqlash.

 

• Kun tartibi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: Toshkent sh., Mirobod tumani, Said Baraka ko'ch., 34A uy, va telefon orqali +99871 233 11 11.

• Yig‘ilishga ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 15-mart soat 9:00 da boshlanadi.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida esa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.

 

Kuzatuv kengashi

Yangiliklarga obuna bo'lish


Оbunani bekor qilish uchun elektron pochtangizni kiriting