Vakant lavozimlar

Kompaniyamizda agentlarga nisbatan doimo alohida munosabatda bo‘lib kelingan. Har bir agent nafaqat kompaniya uchun foyda keltiradi, balki uning obro‘si (imiji) uchun ham ishlaydi.

Agentlar bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolish kompaniyaning agentlarga oid siyosatining asosida yotadi.

Kompaniyaning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va ish beruvchi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha ommaviy mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim vazifalari – bu nafaqat shakllangan agentlar tarkibi bilan aloqalarni mustahkamlash, balki boshqa tajribali agentlarni jalb qilish hisobiga agentlar tarmog‘ini yanada kengaytirish hamdir.

So‘nggi yilda yaxshi mijozlar portfeliga ega bo‘lgan ko‘pgina kuchli agentlar biz bilan ishlashni afzal ko‘rmoqdalar. Shunchaki ular bizda “ishchi asalarilarni” yaxshi ko‘rishlari va ehtiyot qilishlarini ko‘rmoqdalar.

Bizning eshiklarimiz doimo ochiq, yangi agentlar uchun qulay sharoitlarni yaratib beramiz.

Xush kelibsiz!
Toshkent sh., Said Baraka ko‘chasi, 34-uy
Tel.: (998 71)  233 11 11, 233 06 76