Kompaniya haqida

«ASIA INSHURANS» sug‘urta kompaniyasi MChJ – bu 2005 yilda asos solingan universal sug‘urta kompaniyasi. Bugungi kunga kelib kompaniya anchagina rivojlandi va ham davlat, ham xususiy sektordagi mijozlarga keng ko‘lamdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi.

«ASIA INSHURANS» SK MChJ o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2015 yilning 30 dekabrda berilgan 00209-sonli Litsenziyasi asosida ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash turlari bo‘yicha umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida amalga oshiradi.

«ASIA INSHURANS» SK MChJ - bu

  • asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekistondagi sug‘urta kompaniyalarning yetakchi uchligiga kiruvchi eng yirik sug‘urta kompaniyalardan biri;
  • O‘zbekistondagi eng tez va dinamik ravishda rivojlanib borayotgan kompaniyalardan biri;
  • sug‘urtalangan ko‘chmas mulk ob’ektlari, jumladan qurilish ob’ektlari va sug‘urtalangan transport vositalari miqdori bo‘yicha eng katta sug‘urta portfellariga ega bo‘lgan kompaniyalardan biri;
  • 120 dan ortiq professional va iqtidorli mutaxassislar;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha viloyatlar bo‘yicha 21 ta hududiy bo‘linma;
  • yiliga 365 kun, haftasiga 7 kun va kuniga 24 soat xizmat ko‘rsatish ;
  • yuqori darajadagi ishonchlilik va UzA+ “O‘ta yuqori moliyaviy ishonchlilik” reytingi bilan tasdiqlangan barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan eng yaxshi sug‘urta kompaniyalaridan biri;
  • sug‘urtalash sohasida 2007 yilda “Eng yaxshi innovatsion sug‘urta mahsuloti” uchun “Oltin Soyabon”, 2008 yilda – “Sug‘urta bozorining axborot jihatdan ochiq professional qatnashchisi” kabi jamoatchilik mukofotlari hamda kompaniya rahbarlari tomonidan olingan boshqa  mukofotlarga ega bo‘lgan kompaniya;
  • ham mahalliy, ham xorijiy bozorlarda yuqori va ishonchli qayta sug‘urtalash himoyasiga ega bo‘lgan kompaniya. United Insurance Brokers Limited (Buyuk Britaniya), Willis (Buyuk Britaniya) kabi LLOYD’S bozorida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro qayta sug‘urtalash brokerlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar asosida kompaniya tavakkalchiliklari xalqaro qayta sug‘urtalar bozorlarida qaytadan sug‘urtalanadi.