Baxolar

Klassik reyting – bu xo‘jalik sub’ektining mijozlari va investorlari oldidagi majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarish qobiliyati va bunga tayyorligining bahosi.

O‘zbekistondagi «SAIPRO» konsalting kompaniyasi pilot loyihasi asosida moliyaviy barqarorlik va ishonchlilikni belgilab beruvchi mezonlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalarini reytinglashni o‘tkazadi. «SAIPRO» uslubiyatining xalqaro muqobillaridan farki shundaki, millik baholar shkalasi O‘zbekiston Respublikasiga yo‘naltirilgan.

«SAIPRO» axborot-reyting agentligi “ASIA INSHURANS” SK MChJ ning 2016 yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha "uzA+" (Juda yuqori moliyaviy ishonchlilik) darajasidagi reytingni berdi.

«Asia Inshurans» reytingi sug‘urta mukofotlari va sug‘urta shartnomalari hajmining sezilarli darajada ortishi, sug‘urta porfelining quyi darajadagi zararlilik darajasi, ishchi faoliyatning o‘sishi, kapitallashish darajasi, sof foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi.

Milliy shkala bo‘yicha UzA+ reytingi berilgan kompaniya moliyaviy va sug‘urta faoliyati ko‘rsatkichlarining etarli darajadagi ijobiy natijalari bilan tavsiflanuvchi boshqa milliy sug‘urta kompaniyalariga nisbatan yuqori darajadagi ishonchlilikka ega hisoblanadi. Kompaniya boshqa sug‘urta kompaniyalariga nisbatan o‘z majburiyatlarini qisqa muddatli istiqbolda o‘z vaqtida va to‘liq bajarish layoqatiga ega.