SAIPRO axborot-reyting agentligi tomonidan mamlakatimiz sug'urta bozorining 2016 yildagi asosiy ko'rsatkichlari tahlil qilindi

Unga ko'ra  sug'urta bozori 2016 yil davomida  o'sishning ancha yuqori sur'atlarini namoyish etdi.... batafsil

Toshkentda sug'urta va qayta sug'urtalash hamda lizing forumlariga start berildi

Bugun Toshkentda  xalqaro sug'urta va qayta sug'urtalash bo'yicha IX Toshkent xalqaro forumi hamda Lizing bo'yicha VIII Toshkent xalqaro forumlari o'z ishini boshladi. ... batafsil

2015 yilda davlat ulushiga ega kompaniyalar tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlari 12,8 % ga o'sdi

2015 yil  yakunlari bo'yicha  Transport egalariningfuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha  sug'urta kompaniyalari orasida «Uzagrosug’urta», «Kafolat»  va  «Alfa Invest» yetakchi pozitsiyalarni egalladi. Ko'rilayotgan davrda ushbu  3 ta kompaniyaning  bozordagi ulushi 64,9  %ni tashkil qilib, 2014 yilga nisbatan 1,5 % punktga  oshdi.... batafsil

Moliya vazirligi beshta sug'urtalovchiga litsenziyalar berdi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi tomonidan 5 ta sug‘urtalovchiga umumiy sug‘urta tarmog‘ining alohida klasslari bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berildi... batafsil

Sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug'urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo'llash

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi “Sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug'urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizomga qo'shimcha kiritish to'g'risida” qaror qabul qildi... batafsil

Sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilarning to'lov qobiliyatiga oid talablar o'zgartirildi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2015 yil 21 dekabrdagi   buyrug'i bilan sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilarning to'lov qobiliyati  to'g'risidagi Nizomga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.... batafsil

TFJMSni amalga oshirish huquqiga ega sug'urtalovchilar ro'yxatiga 9 ta sug'urta kompaniyalari kiradi

2015 yilning 27 noyabridan O'zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi Qonuni kuchga kirgan edi. Mazkur xujjatga muvofiq, sug'urtalovchi – bu tijorat tashkiloti hisoblangan yuridik shaxs bo'lib, u majburiy sug'urta qilishni amalga oshirish huquqiga egadir. Qayd etish joizki, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishni amalga oshirishda sug'urtalovchi bir qator talablarga javob berishi shart.... batafsil

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishga doir ma'lumotlar berildi

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Ta'kidlash kerakki, 2011 - 2015 yillarda respublika mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar asosida ishlab chiqilgan ushbu Qonun yaqinda Prezidentimiz tomonidan imzolandi va huquqiy hujjat joriy yilning noyabr oyidan kuchga kiradi.... batafsil

"Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab olindi

«Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishning to'laqonli faoliyat ko'rsatishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilab oldi. Unga ko'ra, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta puli bitta yo'lovchiga 11 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorda belgilanishi qayd etilgan.... batafsil

O'zbekiston sug'urta bozori professional ishtirokchilari Assotsiatsiyasining 2014 yilgi faoliyat yakunlariga bag'ishlangan yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi

Poytaxtda O'zbekiston sug'urta bozori professional ishtirokchilari Assotsiatsiyasining 2014 yilgi faoliyat yakunlariga bag'ishlangan umumiy yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi.  Unda Assotsiatsiyaning o'tgan yilgi faoliyatiga oid  hamda reviziya komissiyalarining hisoboti tinglanib, kelgusi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qator masalalar ko'rib chiqildi.... batafsil